O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
7-avgustdan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 11 915,64 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 28,92 so‘mga oshdi.
6-avgust holatiga ko‘ra, banklarda sotib olish kursi 11 900−11 830 so‘m, sotish kursi esa 11 965−11 950 so‘m oralig‘ida shakllangan. Dollarni eng yuqori narxda APEX BANK va Asia Alliance Bank (11 890 so‘m) xarid qilmoqda, eng arzon narxda esa Asakabank (11 950 so‘m) sotmoqda.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab 20% ga oshib, $32 mlrdni, taklif esa 31% ga ko‘payib, $27,8 mlrdni tashkil etdi. Natijada valyuta bozoridagi taqchillik qariyb 24% ga kamayib, $4,2 mlrdga tushdi.
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijdan $9,3 mlrd pul o‘tkazmalari kelib tushdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13% ko‘p. Shu davrda mamlakatdan $1,33 mlrd mablag‘ yuborilgan bo‘lib, xalqaro pul o‘tkazmalarining ijobiy saldosi qariyb $8 mlrdni tashkil etdi. Bundan tashqari, aholi banklarga sotgan xorijiy valyuta hajmi xarid qilganidan $5,5 mlrdga ko‘p bo‘ldi.