Dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
29−31 avgust hamda 1-sentabr kunlari quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
- Agrobank;
- Asia Alliance bank;
- APEX BANK;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Ipoteka-bank;
- O‘zmilliybank;
- Orient Finans bank;
- Tenge Bank;
- Trastbank;
- Hamkorbank;
- Anorbank;
- Garant bank;
- Hayot Bank;
- Sanoatqurilishbank;
- Asakabank;
- InFinBank;
- Saderatbank;
- Universalbank;
- Turonbank;
- Aloqabank;
- Xalq banki;
- Ipak Yuli bank;
- Mikrokreditbank;
- Poytaxtbank;
- Davrbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.