O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” DUK, Texnomart va AXIOM Nasiya uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.

axborot texnologiyalari markazi, aximo nasiya, reklama, texnomart

Hamkorlik tomonlarning davlat axborot tizimlari, zamonaviy texnologiyalar, chakana savdo va moliyaviy xizmatlar sohasidagi tajriba va kompetensiyalarini birlashtirishga qaratilgan.

axborot texnologiyalari markazi, aximo nasiya, reklama, texnomart

Memorandum doirasida tomonlar o‘zaro tajriba va professional bilim almashish, zamonaviy texnologik yechimlarni o‘rganish, ishchi maslahatlashuvlar o‘tkazish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

axborot texnologiyalari markazi, aximo nasiya, reklama, texnomart

Jarayonlar samaradorligini oshirish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan amaliy yechimlarni izlashga alohida e’tibor qaratiladi.

axborot texnologiyalari markazi, aximo nasiya, reklama, texnomart

Memorandumning imzolanishi “Axborot texnologiyalari markazi”, Texnomart va AXIOM Nasiya o‘rtasida tizimli hamkorlikni rivojlantirish hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun asos yaratadi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — tomonlarning amaliy va texnologik tajribasini birlashtirib, zamonaviy, qulay va samarali yechimlarni rivojlantirishdir.

Reklama huquqlari asosida.