Oxirgi kunlarda tekshirilmagan va o‘rganilmagan video materiallar Telegram-kanallarda tarqalib, ularni deputatlar tomonidan tekshirilib o‘rganilganda mualliflar tomonidan yolg‘on ma’lumotlar tarqatilgani, ommani fikrini chalg‘itishga urinish va tuhmat holatlar aniqlanmoqda, deb xabar berdi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari o‘rinbosari Nuriddin Zaynitdinov o‘zining telegramdagi kanalida.
Nuriddin Zaynitdinov bolalar uyidagi holat bo‘yicha video kabi manbasi noma’lum va yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan materiallarni misol tariqasida keltirdi.
“Sizlardan kelgusida joylanayotgan materiallarni chuqurroq o‘rganib, manbalarini ma’lum qilgan holda, imkon qadar tekshirilgan materiallarni joylashingizni so‘rayman”, deb ta’kidladi deputat.
Ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumot va materiallar tarqatganlarga taalluqli qonun bo‘yicha javobgarlik choralari ko‘rilishi mumkin.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari deputatlar tomonidan o‘rganiladi va tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumot va materiallar tarqatganlarga qonun bo‘yicha javobgarlik choralari ko‘rilishi mumkin
Mazkur xabarga Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari o‘rinbosari oydinlik kiritdi.
Foto: Yevgeniy Razumniy / Vedomosti
«Spot»
- 916
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 10:12 Qonunchilik
Rayxon milliy taomlari ta‘sischisi shartli ravishda qamoqdan ozod qilindi
Namangan viloyat sudining apellyatsiya instansiyasi Odilxon Ismoilovga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini 3 yillik sinov muddati bilan shartli deb belgiladi. U sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Kecha, 23:17 Iqtisodiyot
Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankni jarimaga tortdi
Banklarga qonunchilik talablarini buzganlik, shuningdek, tekshiruvlarda aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Kecha, 20:00 Ta'lim
Xorijda ta’lim: Ruminiyada grant asosida ta’lim olayotgan Dilmurod Yengiboyev hikoyasi
U Spot’ga nima sababdan aynan Ruminiyada o‘qishni tanlagani, to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiyani qanday qo‘lga kiritgani va Yevropadagi talabalik hayoti haqida so‘zlab berdi.
Kecha, 19:50 IT
Telegram ovozli xabarlarni yuborishdan oldin matnga aylantirishni o‘rgandi
Funksiya hozircha sinov bosqichida va noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Undan faqat Telegram Premium obunachilari foydalana oladi.
Kecha, 19:05 Iqtisodiyot
Doniyor Kadirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Bungacha u Prezident Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi departamenti rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Kecha, 18:17 Iqtisodiyot
2026-yil O‘zbekistonda kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
Yanvar-sentabr oylarida axborot texnologiyalari yordamida qariyb 70 mingta jinoyat sodir etildi. Jabrlanuvchilarga 210 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi.
Kecha, 17:51 Iqtisodiyot
Xabar yangilandi: Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi
Avvalroq O‘zA Zaynilobiddin Nizomiddinov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergandi. Biroq keyinchalik uni o‘chirib tashladi.
Kecha, 17:36 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 1,19 so‘mga oshib, 11 899,09 so‘mni tashkil etdi.