Moliya vazirligining buyrug’iga asosan Odilbek Rustamovich Isakov Moliya vazirining maslahatchisi, Moliya vazirligining davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi Vazirlik matbuot xizmati.
Odilek Isakov ta’kidlashicha, O’z bilim va tajribalarini ona yurtda amalga oshirilayotgan islohotlar uchun foydali bo’lishi uning uchun ulkan baxt.
Odilbek Isakov 1981 yilda tug’ilgan, ma’lumoti oliy, 1998−2000 yillarda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan.
Buyuk Britaniyadagi Manchester Metropolitan Universitetining Biznes Iqtisodiyoti bo’yicha bakalavri (BA in Business Economics), Stratklayd Universitetining Moliya bo’yicha magistr (MSc in Finance) darajalariga hamda Malakali Moliyaviy Tahlilchi (CFA — Chartered Finance Analyst) kvalifikatsiyasiga ega.
Odilbek Isakov dunyoning eng yirik banklaridan biri HSBC bankidagi 12 yillik mehnat faoliyati davomida Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ishlash bo’yicha investitsiya bankiri sifatida tajriba orttirgan. 2011 yildan beri umumiy qiymati 115 milliard AQSh dollaridan ortiq 70 dan ortiq muvaffaqiyatli qo’shma loyihalarni boshqargan.
Shuningdek, 2016 yil mart oyidan hozirgacha HSBC investitsiya banki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jahon moliya bozorlarida qimmatli qog’ozlar chiqarishni tashkil etish boshqarmasi direktori (London, Buyuk Britaniya) lavozimida ishlab kelgan.
“GlobalCapital” nashrining “Jahon moliya bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ishlash bo’yicha eng yaxshi bankir” unvoni uchun 3 karra nominatsiya sazovori bo’lgan.
Buyuk Britaniya banki boshqarma boshligi Moliya vazirining maslahatchisi etib tayinlandi
Odilbek Isakov “GlobalCapital” nashrining “Jahon moliya bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan ishlash bo’yicha eng yaxshi bankir” unvoni uchun 3 karra nominatsiya sazovori bo’lgan.
Odilbek Isakov
Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati
«Spot»
- 1 607
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 12:55 Ta'lim
ibook kitob do‘koni, Tirilish nashriyoti asoschisi Amirxon Valijonov tavsiya etgan 5 ta kitob
Tadbirkor Spot’ga, inson ruhiyatiga, tarix va geosiyosiy jarayonlarga boshqacha qarashga undagan kitoblari haqida gapirib berdi. U muntazam mutolaaning ahamiyati, asarlarni tanlash mezonlari va kitobxonlikni odatga aylantirish bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Bugun, 11:48 Energetika
O‘zbekistonliklar quyosh energiyasini sotib 642,1 mlrd so‘m daromad oldi
Sentabrda 66,2 ming jismoniy shaxs elektr energiyasini yagona energiya tizimiga uzatgani uchun qariyb 100 mlrd so‘m subsidiya oldi.
Bugun, 11:02 Kriptoaktivlar
Xakerlar Binance kriptobirjasini buzib kirib, $6,3 mlrddan ortiq mablag‘ni o‘g‘irladi
Platforma hamkorlari blokcheynlardagi mablag‘ning yarmidan sal kamini muzlatib qo‘ydi. Hujumda Shimoliy Koreya bilan bog‘liq xakerlar guruhi ayblangan.
Bugun, 10:32 Energetika
Elektr va gaz iste’moli uchun kompensatsiya to‘lash muddati 2028-yil aprelgacha uzaytirildi
Elektr va gaz iste’moli, ko‘mir xaridi hamda kommunal to‘lovlar uchun yordam tayinlashda oilalarning jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad chegarasi MIXning ikki baravarigacha oshiriladi.
Bugun, 09:55 Iqtisodiyot
Noyabrda ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi
Bir martalik moddiy yordamni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, shuningdek, mahalla yettiligi xulosasi asosida ehtiyojmand deb topilgan oilalar olishlari mumkin.
Kecha, 19:29 Iqtisodiyot
1
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,6% gacha pasaydi
Bu davrda 824 ming nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 440 mingta oilaning daromadi oshirilib, Ijtimoiy reyestrdan chiqarildi.
Kecha, 19:20 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun ilk litsenziya berildi. Bu nimani anglatadi va soha qanday rivojlanadi?
Markaziy bank mamlakatda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziyani berdi. Uni Open Bank oldi. Spot bozor ekspertlaridan bu voqea soha uchun nimani anglatishi va dastlabki ishtirokchilar qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini so‘radi.
Kecha, 19:16 Iqtisodiyot
Mehnat inspeksiyasi 35 mingga yaqin xodimga 832 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi undirib berdi
To‘qqiz oyda 36,1 mingta qonunbuzilish holati aniqlanib, mansabdor shaxslarga 22,3 mlrd so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.