“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya Vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qaror bilan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ushbu ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar, shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan mukofotlash Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshiriladi.