Prezidentning “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq yangi chakana to‘lov tizimini yaratish maqsadida Markaziy bankka Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.

Shu munosabat bilan, Markaziy bank chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash uchun tanlov e’lon qilgan edi.

Tanlovning birinchi bosqichida 2,4 ming nafar fuqaro o‘z taklifini bildirdi. Ular orasidan eng ko‘p bildirilgan uchta nom — Humo, Adras va Anor tanlab olindi.

Tanlovning ikkinchi bosqichida, yuqorida keltirilgan uchta nomdan biriga ovoz berishda 4,0 mingga yaqin respondent ishtirok etdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni 45,3% ovoz bilan “Humo” nomi egalladi.

Shu munosabat bilan tanlangan g‘olib “Humo” nomini hisobga olgan holda milliy chakana to‘lov tizimining brendini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib boriladi.