Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Yalpi oltin-valuta zaxiralari 26,4 mlrd. $ ni tashkil etdi (yanvarda bu ko’rsatkich 28 mlrd. $ ni tashkil etgan edi). Ularning xorijiy valyutadagi aktivlari 11,8 mlrd. $ (bir oy oldin 12,4 mlrd. $) ni tashkil etdi.
Monetar oltin 14,6 mlrd. $ ni tashkil etgan (yanvarda bu ko’rsatkich 14 mlrd.). Sof oltin valyuta zahiralari esa 25,7 mlrd. $ ni tashkil etdi (yanvar oyida bu bu ko’rsatkich 26,5 mlrd. $ ni tashkil etdi).
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri- 853,0 mln. $.).
Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida oltin-valyuta zaxiralarining ko’payishi qisman oltin narxining 1183,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga o’sishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri — 403,2 mln. $.).
Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi.
Foto: Financial Times
«Spot»
- 2 092
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 15:10 Iqtisodiyot
Sergeli mashina bozorida 100 nafar olib-sotar aniqlandi, 30 kishiga jazo tayinlandi
“Saygak"lar ehtiyot qismlar va xizmatlarni asl narxidan bir necha baravar qimmat sotib, bozor narxlarining sunʼiy oshishiga sabab bo‘lgan.
Bugun, 11:38 Qonunchilik
Farg‘onada bank xizmatlari markazi rahbari $10 ming bilan ushlandi
Shuningdek, Jizzaxda tuman hokimligi mansabdor xodimi $500 bilan qo‘lga tushdi.
Bugun, 11:27 Iqtisodiyot
2030-yilgacha 997 mlrd so‘mga 5 ta sel-suv ombori qurilishi rejalashtirilmoqda
Ikkita suv ombori xususiy investorlar tomonidan quriladi va ular omborlar qirg‘oqlarida turistik zonalar tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bugun, 11:03 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Qozog‘iston investitsiya va savdo sohalarida “yo‘l xaritasi"ni imzoladi
Hujjat avtomobilsozlik, kimyo sanoati, energetika va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni o‘z ichiga oladi.
Bugun, 10:50 Iqtisodiyot
To‘siqlarsiz savdo va mehnat migratsiyasi: O‘zbekiston YOII bilan hamkorlikda qanday yo‘nalishlarni ilgari surmoqda?
Shavkat Mirziyoyev sanoat kooperatsiyasi va “yashil” transformatsiya dasturlarini yaratishga chaqirdi.
Kecha, 17:30 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektr va gaz uchun oldindan to‘lov qilinganda eski tariflar ikki oy saqlanib qoladi
1-iyundan elektr energiyasi va gaz tariflari oshiriladi. Fuqarolar avgustgacha, biznes esa iyulgacha eski tariflar bo‘yicha to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kecha, 14:31 Transport
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Tomonlar, shuningdek, yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.
Kecha, 14:17 Iqtisodiyot
Aprel oyida o‘zbekistonliklarning inflyatsiyani sezish darajasi oshdi — Markaziy bank
Shuningdek, Toshkent shahri aholisi orasida inflyatsiyani baholash keskin pasaygan bo‘lsa, hududlarda, aksincha, o‘sdi.