Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish mumkin bo’lgan xizmat ishga tushirildi.

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bo’yicha xizmat respublikamizning quyidagi hududlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladi:

  • Toshkent shahri (Mirobod, Chilonzor, Olmazor, Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari Davlat xizmatlari markazlari);
  • Toshkent viloyati (Chirchiq shahri Davlat xizmatlari markazi);
  • Namangan viloyati (Namangan shahri Davlat xizmatlari markazi);
  • Samarqand viloyati (Samarqand shahri Davlat xizmatlari markazi);
  • Surxandaryo viloyati (Termiz shahri Davlat xizmatlari markazi);
  • Farg‘ona viloyati (Qo‘qon shahri Davlat xizmatlari markazi).
  • Buxoro viloyati (Buxoro shahri Davlat xizmatlari markazi).

Yagona portal orqali ariza yuborilgandan so’ng Davlat xizmatlari markazlariga borib quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  • pasport;
  • eski haydovchilik guvohnomasi va talon;
  • davlat boji (eng kam ish haqining 70% miqdorida) to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.