“Barcha soliq imtiyozlarini bekor qilish iqtisodiyot uchun katta xatar” — soliq maslahatchisi

Spot soliq maslahatchisi Murod Muhammedjanov bilan ijtimoiy soliq imtiyozlarini 2030-yilgacha bekor qilish taklifi va uning iqtisodiyot hamda bandlikka ta’siri haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


IMEI sabab telefonlarni bojxonada rasmiylashtirish to‘xtatilib, bir sutkada tiklandi. Nima bo‘ldi va nimalar o‘zgardi?

Toshkent aeroportida xorijdan olib kelingan telefonlar yana rasmiylashtirilmoqda. Spot nima sodir bo‘lgani, yo‘lovchilar uchun qanday o‘zgarishlar yuz bergani va ekspertlar vaziyatga qanday baho berayotganini o‘rgandi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haydovchilik guvohnomasini qanday olish mumkin? Tartib va xarajatlar

Spot haydovchilik guvohnomasini olish tartibi, imtihonlar va xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni jamladi. Barcha bosqichlardan birinchi urinishdayoq o‘tilsa, B toifali guvohnoma taxminan 10−11 mln so‘mga tushadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Tasnif kreativ agentligi asoschisi Lazizbek Hamidov tavsiya qilgan 5 ta kitob

Lazizbek Hamidov ishdagi muammolarni hal qilishda yordam bergan beshta kitobni tavsiya qilib, ushbu asarlar kompaniyani boshqarish, taqdimotlar tayyorlash va qaror qabul qilishga yondashuvini qanday o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda bankomatlarni mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganiladi.
    Prezident savdo va ko‘ngilochar majmualar, yangi uy-joy massivlarining ko‘payishi bankomatlarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirishini ta’kidladi.
  2. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $2,96 mlrd ga kamaydi.
    Mamlakat xalqaro zaxiralari $63,63 mlrd ni tashkil etdi. Aktivlardagi oltin qiymati $2,04 mlrd ga pasaygan bo‘lsa-da, uning fizik hajmi 14,6 mln troya unsiyaga yetdi.
  3. Ulushli qurilishda eskrou tizimini joriy etish bo‘yicha qonun Senatga yuborildi.
    Unda uy-joy qurilishiga mablag‘ kiritgan fuqarolarni himoya qilish uchun eskrou hisobvaraqlaridan foydalanish va quruvchilarga talablarni kuchaytirish nazarda tutilgan.
  4. Kredit reklamasida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish majburiy bo‘ladi.
    Yangi qonunga ko‘ra, kredit va mikroqarz reklamalarida bunday ogohlantirish uchun kamida 10% maydon yoki efir vaqti ajratiladi.
  5. Eskirgan standartlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda.
    Mamlakatda amaldagi 33 mingdan ortiq standartning qariyb yarmi eskirgan yoki xalqaro talablarga javob bermaydi. Shu bois Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga parlament so‘rovi yuborildi.
  6. O‘zbekiston JSTga kirgach, mobil qurilmalar uchun boj nolga tushiriladi — Bojxona qo‘mitasi.
    Shu hisobiga telefonlar aholi uchun 5% gacha arzonlashadi, biroq qo‘shilgan qiymat solig‘i saqlanib qoladi. Budjet esa 300−400 mlrd so‘m tushumdan mahrum bo‘ladi.
  7. WB Taxi O‘zbekistonda ustun mavqega ega deb topildi.
    Ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.
  8. “Bojxonada IMEI soxtaligini aniqlash imkoniyati deyarli yo‘q” — Bojxona qo‘mitasi.
    Boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov aytishicha, telefon IMEI raqamini aniqlash bojxona zimmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklatilmagan va buning uchun maxsus bilim kerak.
  9. O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegarada One Stop tizimini joriy qilmoqchi.
    Tomonlar ayrim chegara bojxona postlarida yagona nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq hozircha yakuniy qaror mavjud emas.
  10. Yangi Buxoro aeroportini qurish bo‘yicha tender g‘olibi aniqlandi.
    G‘olib Turkiya va Qatar kompaniyalari konsorsiumi bo‘ldi. U yangi yo‘lovchi terminali, vokzaloldi maydoni va avtoturargohni qurib, boshqaradi. DXSH bitimi 23 yilga tuzilishi rejalashtirilgan.
  11. Markaziy bank banklarga noqonuniy undirilgan foiz va jarimalarni bekor qilishni topshirdi.
    Sud qarori chiqarilgan kreditlar bo‘yicha qarorda belgilangan summaga foiz, jarima (neustoyka) va penya qo‘shish mumkin emas.
  12. “Eng arzon stavkalar bizda” — Bojxona qo‘mitasi telefonlar uchun bojlar qimmatligi haqida.
    Telefonlar uchun boj stavkasi 5%, QQS esa 12% ni tashkil qiladi. Dunyoda bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha 10−15% va 18−20% ekani aytildi.
  13. O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrd ga yetdi.
    YIMning yangilangan va avvalgi bahosi o‘rtasidagi farq 277,1 trln so‘m yoki 15% ni tashkil etdi.
  14. Endi O‘zbekistonda xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan faqat malakali investorlar savdo qila oladi.
    Muomalaga yirik xorijiy maydonchalar aktivlari asosidagi vositalar kiritilishiga ruxsat beriladi.
  15. O‘zbekiston iqtisodiyoti 2027-yilda 7% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda.
    Kelgusi yilda YIMni $232 mlrd ga yetkazish, oltinsiz eksportni qariyb $40 mlrd ga oshirish rejalashtirilgan. Davlat budjeti xarajatlari esa 464 trln so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.