Mehmonxona ichida alkogol mahsulotlari sotuvi bilan shug‘ullanish uchun ruxsat guvohnomasi bekor qilindi. Bu hqda Prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga ko’ra:

  • mehmonxona ichida joylashgan yoki unga tegishli bo‘lgan alkogol mahsulotlari (bar, mini-bar, kafe, restoran) sotuvi bilan shug‘ullanadigan umumiy ovqatlanish ob’ektlari va savdo nuqtalari uchun alohida ruxsat guvohnomasi;
  • aeroportdan, temir yo‘l/avtoyo‘l vokzallaridan mehmonxonaga va undan qaytishga, shuningdek, turizm ob’ektlariga o‘zining ijarachilari transport xizmatlarini ko‘rsatishi uchun litsenziya;
  • shahar va shaharlararo yo‘lovchi tashuvchi tadbirkorlik subyektlaridan mahalliy va xorijiy fuqarolarga mamlakat bo‘ylab nomuntazam, shaharlararo yo‘lovchi tashish uchun tegishli litsenziyaga ega avtobus yoki kichik avtobus xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha litsenziya olish talablari bekor qilindi.

Shuningdek, 2022 yilning 1 yanvariga qadar olib kiriladigan turistlar tashrif buyuradigan joylarga o‘rnatiladigan antivandal sanitariya-gigiyena shoxobchalari, shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar, galereyalar va belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxatdagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar, turniketlar, dasturiy ta’minot, to‘lovni amalga oshirish — ma’lumot olish terminallari, videokuzatuv uskunalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.