Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida bankrotlik tartib-taomilini qayta ko‘rib chiqish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi loyiha muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Taklif etilayotgan loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:

Bankrotlik ishi mezonlari va unga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish

Quyidagi muammolarni hal etish taklif qilinmoqda:

  • sud bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan yuridik shaxs qarzining eng kam jami summasini kamaytirish:
    • yuridik shaxsga nisbatan — 500 dan 300 EKIHгача;
    • YATT yoki YATT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan, — 30 dan 20 EKIHгача.
  • kreditorlarning talablari bo‘yicha pul majburiyatlarini, shuningdek majburiy to‘lovlarni, shunday majburiyatlar vujudga kelgan kundan boshlab uch oy emas, balki ikki oy ichida bajarmaslik muddatini bankrotlik alomatlari deb hisoblash;

  • tugatishga doir ish yuritishni uzaytirish mexanizmiga tuzatish kiritish. Hozirgi kunda ish yuritishni uzaytirish ham bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar iltimosnomasiga, ham iqtisodiy sud tashabbusiga ko‘ra uzaytirilmoqda. Loyiha bilan tugatishga doir ish yuritishni sud qaroriga asosan faqat yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar iltimosnomasi asosida uzaytirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, uzaytirishning eng ko‘p muddatini — ko‘pi bilan 3 oyni belgilash ko‘zlanmoqda (hozirgi kunda u aniqlashtirilmagan, tugatishga doir ish yuritish muddati esa 1 yildan oshishi mumkin emas).

  • To‘rtinchidan, benefitsiar (naf oluvchi, tahr.) va affillangan (qarzdor uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan) shaxslar uchun, basharti ularning birgalikdagi harakatlari soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelgan va bu haqda sudning kuchga kirgan hukmi mavjud bo‘lsa, subsidiar javobgarlikni belgilash rejalashtirilmoqda.

  • bankrot qarzdorlarning mol-mulkini sud boshqaruvchilari tomonidan “E-IJRO AUKSION” orqali sotish ko‘zlanmoqda.

Sud boshqaruvchilari uchun kurslar tashkil etish

Kurslar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabida tashkil etiladi.

Kurslarda talabgorlar sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun shartnoma asosida o‘qitiladi. O‘qish yakunlariga ko‘ra sud boshqaruvchisi attestatini olish huquqini beradigan kurslarni tugatganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi.

Shuningdek, kurslarda sud boshqaruvchilarining professional darajasini va malakasini oshirish nazarda tutiladi.