“O'zbekiston 24” telekanali lavhasidan ma’lum bo’lishicha, Toshkentdagi eng qadimiy mahallardan biri bo’lgan Chaqar hududida ko’p funksional kompleks qurish rejalashtirmoqda.

Qurilish ishlari doirasida 7,9 ga ajratilishi ko’zda tutilgan. Kompleks tarkibiga o’quv muassasasi, ko’p qavatli binolar, savdo markazi va ofis binolari kirishi kutilmoqda.

Loyihaning tashabbuskori “High Land City” MChJ. Loyihaning umumiy qiymati 25 million $ ga baholanmoqda, ulardan 10 million $ kompaniya mablag’lari, qolgan 15 million $ i xorijiy investitsiyalardir. Chet ellik hamkor — Turkiyaning Uzguven Mimarlik kompaniyasi.

Loyiha 2019−2020 yillarga mo’ljallangan.