Xorij davlatlaridan O’zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining soni 2,3 martaga ortgan. Masalan, 2017 yilda bu ko’rsatkich 2,8 million kishini tashkil etgan bo’lsa, 2018 yilda esa 6,4 million kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

MDH davlatlaridan kelgan chet el fuqarolari 6015,9 ming kishini tashkil etgan bo’lib, bu jami tashrif buyurganlarning 93,5% tahkil etadi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 417,1 ming kishi (yoki 6,5%) tashrif buyurgan.

O’zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozog’iston Respublikasidan 2456,9 ming kishi (38,2%), Tojikistondan 1700,7 ming kishi (26,4%), Qirg’izistondan 1101,5 ming kishi (17,1%), Rossiyadan 460,2 ming kishi (7,2%).

Uzoq xorijiy davlatlardan esa Turkiyadan 74,8 ming kishi (1,2%), Xitoydan 37,1 ming kishi (0,6%), Janubiy Koreyadan 32,7 ming kishi (0,5%), Xindistondan 22,2 ming kishi (0,3%), Germaniyadan 19,1 ming kishi (0,3%), Yaponiyadan17,2 ming kishi (0,3%) tashrif buyurgan.

Chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari qarindoshlarni yo’qlash 73,2% ni tashkil etadi. Keyingi o’rinlarda sayyohlik maqsadida — 7,1%, xizmat yuzasidan — 0,9%, davolanish maqsadida 0,8% va o’qish maqsadida 0,2%.