Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, xorijiy fuqarolar ko’rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haqni belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflardan oshirilgan miqdorda raqobatbardosh bozor narxlaridan kelib chiqib milliy valyutada to’laydilar.
Oshirilgan narxlar Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan belgilanadi.
Xorijiy fuqarolarni davolanish muassasasiga jalb qilishda vositachilik xizmatlarini amalga oshirgan yuridik shaxslarni rag’batlantirish shartnomaga muvofiq oshirilgan tariflar bo’yicha xorijiy mijozlarga tibbiy xizmatlar ko’rsatishdan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshiriladi.
Xorijliklarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun olinadigan haq miqdori o’zgardi
Xorijiy fuqarolarni davolanish muassasasiga jalb qilishda vositachilik xizmatlarini amalga oshirgan yuridik shaxslarni rag’batlantirish oshirilgan tariflar bo’yicha amalga oshiriladi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 898
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 18:47 Iqtisodiyot
“Toshkentda ishsiz yoki kambag‘al odamlar borligini aytishga uyalaman” — Uchtepa tumani hokimi
Bunyod Mamadjаnovning ta’kidlashicha, ishsizlik uchun hokimiyatning o‘zi aybdor, chunki fuqarolarga kam maoshli ishlar taklif qilinmoqda.
Kecha, 18:43 Biznes
“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev
Prezidentning ta‘kidlashicha, jinoyatchilikka jilov solinmas ekan, tadbirkorlik rivojlanmaydi, investorlar ham kelmaydi.
Kecha, 18:30 Iqtisodiyot
Sanatsiya jarayonidagi banklar professional baholashdan o‘tkaziladi
Baholovchi aksiyadorlar va kreditorlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararni aniqlashi, shuningdek, uni bank tugatilgan taqdirdagi yo‘qotishlar bilan solishtirishi lozim.
Kecha, 17:36 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 55 tiyinga pasayib, 11 765,21 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 17:01 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Janubiy Koreya qariyb $12 mlrdlik yangi loyihalarni tayyorladi
Shuningdek, Koreya Eksimbanki bilan $8 mlrdlik Strategik hamkorlik dasturi qabul qilindi.
Kecha, 16:47 Biznes
O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari uchun Polsha, Hindiston va Turkiyada omborxonalar ochadi
Misni qayta ishlash hajmini kamida 2−3 barobarga oshirish va qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Kecha, 16:43 IT
ChatGPT’da foydalanuvchilarning ma’lumotlariga kirish imkonini beruvchi yashirin kanal topildi
Tadqiqotchilar aniqlagan zaiflik orqali boshqa foydalanuvchilarning Gmail, Google Drive va boshqa ma’lumotlariga kirish mumkin bo‘lgan.
Kecha, 15:54 Iqtisodiyot
O‘zbekistonlik quruvchilar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Maosh — 2,5 ming yevro
Nomzodlar bepul nemis tili kurslarida o‘qitilib, til imtihoni, viza va aviachipta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.