Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq, paxta moyi narxi davlat tomonidan tartibga solinmaydi.

Qarorga ko‘ra, endilikda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi qarori bilan tasdiqlangan narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatining 3 va 9 bandlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi:

  • aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan paxta moyi;
  • shulxa va paxta chigiti shroti.

Spot bu haqda hujjat muhokama jarayonida bo’lgan paytda xabar bergan edi.