Prezidentning “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida"gi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019−2021 yillarda “Universal Mobile Systems” MChJ (UMS)ni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan “UZINFOCOM” davlat axborot tizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona indegrator MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51%ga oshiriladi.

Uzinfocom’ning ustav kapitalidagi davlat ulushi keyinchalik “Universal Mobile Systems” MChJga ustav kapitalini ko’paytirish hisobiga o’tkaziladi.

UMS’ga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishilgan holda amalga oshirish huquqi beriladi.

Operator 2022 yil 1 yanvarga qadar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun olib kiriladigan, O’zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bojxona to’lovlaridan ozod etildi.

Shuningdek, telekommunikatsiya obyektlarini qurish uchun operatorga yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida berish auksion o’tkazmasdan amalga oshiriladi.