17 iyundan 23 iyungacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 739 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 18,1% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 54% ikkinchi va 27,9% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 922,5 mlrd so‘mdan 855,7 mlrd so‘mgacha kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 3,4 mln $ni tashkil etdi.