Prezident “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbilari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Farmonga ko‘ra 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi tayyorlanishida:

  • davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini 25%dan 12%ga tushirish;
  • divident shaklida to‘lanadigan daromadlarga soliq stavkasini saqlab qolgan holda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 15% miqdorida belgilash;
  • QQSni hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini bekor qilish nazarda tutiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab ilgari Moliya vazirligining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib kelingan yagona soliq to‘lovi summasi Qoraqalpog‘iston byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetiga o‘tkaziladi.