“UNITEL” MCHJ (Beeline) O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (“O‘zRTXB” AJ) savdo tizimi orqali pullik toifadagi mobil raqamlarni sotishni boshladi. Auksion onlayn-rejimda boshlang‘ich narxlarni ko‘tarilish tartibida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar onlayn-auksionda qatnashish uchun www.mobilraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va garov mablag‘larini kiritishlari kerak.

Mobilraqam.uzex.uz savdo platformasi birjaning B2B va B2C elektron tijorat modeli bo‘lib, bu O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlarining talab yuqori bo‘lgan mobil raqamlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi.

Birjadagi barcha elektron savdolar va onlayn-auksionlar oshkoralik, shaffoflik, sog‘lom raqobat va barcha savdo ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni yaratish tamoyillariga asoslangan.