Eng mashhur kriptovalyuta — bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi. Savdo ma’lumotlariga ko’ra, u 35000 AQSh dollaridan oshib ketdi.

20 dan ortiq birja uchun o’rtacha narxni hisoblab chiqadigan CoinMarketCap portalining ma’lumotlariga ko’ra, bitkoin 11,16% ga ko’tarilib, 35 634 dollarni tashkil qilmoqda. Savdo hajmi bo’yicha eng yirik kripto-valyuta birjasi bo’lgan Binance birjasida bitkoin 35,887 dollarga ko’tarilib, keyinchalik bitkoin narxi biroz pasaygan.

4-yanvar kuni bitkoinlar narxi 13% ga tushganligi haqida xabar berilgan edi.

Uzoq muddatli istiqbolda bitkoin kursi oltindan mudofaa vositasi sifatida siqib chiqarilishi negizida 146 000 dollardan oshishi mumkin, deya ta’kidlashdi Nicholas Panigirtzoglu boshchiligidagi JPMorgan Chase strategiklari.

“Oltinning muqobil valyuta sifatida chiqarilishi uzoq muddatli istiqbolda bitkoin qiymatining o’sishi uchun katta imkoniyatlar haqida gapiradi”, deydi tahlilchilar.

Ularning fikricha, xususiy sektorning oltinga, shuningdek quyma va tangalarga fond birjalari orqali tikkan sarmoyalari kriptovalyutalarning hozirgi bozor kapitalizatsiyani (575 milliard dollar) 4,6 baravarga oshirishi kerak.