Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sanoat, qurilish va savdo masalalari qo’mitasi tomonidan “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, shuningdek, sanoat klasterlarining hududlarni rivojlanishidagi o’rni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Bu haqida Uza.uz axborot agentligi xabar beradi.

Unga ko’ra, joriy yilda 84 ta tuman va shaharlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish uchun 100 ta texnopark, kichik sanoat zonalari, hududiy klasterlar va logistika markazlari yaratiladi. Yangi kichik sanoat zonalarida qiymati 2,5 trillion so’mdan ortiq bo’lgan 500 dan ortiq yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun 1,6 trillion so’m, 130 ming kilometr past kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va 40 mingdan ortiq transformatorlarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, besh mingdan ortiq ko’priklarni tiklash bo’yicha davlat dasturlari doirasida 400 milliard so’m miqdorida mablag' ajratiladi.

Prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan 3 trillion so’mlik mablag’ga ega hududlar infratuzilmasini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etiladi. Jamg’arma hisobidagi pullar xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining takliflari asosida tashkil etilayotgan infratuzilma loyihalarini birgalikda moliyalashtirishga yo’naltirilishi ko’zda tutilgan.

Umuman olganda, bu yil 23 milliard dollarlik investitsiyalarni o’zlashtirish hisobiga 226 yirik sanoat va infratuzilma obyektlari ishga tushirilishi kutilmoqda.

Oldinroq Spot, Prezident Parlamentga qilgan murojaatnomasida biznes va iqtisodiyotda qanday loyihalar amalga oshirilishi haqidayozgan edi.