Toshkent — Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Mastersard xalqaro toʻlov tizimi Mastersard kartasi egalari (Oʻzbekiston banklari mijozlari) uchun HUMOning POS-terminallarida toʻlov uchun komissiyaning bekor qilinganligini eʼlon qildi. Ilgari karta egalaridan olinadigan komissiya toʻlovning umumiy miqdoridan 1,5% ni tashkil etgan. Bu haqda Spotga Martercardning O’zbekistondagi matbuot ofisi xabar beradi.

“Surcharge bekor qilinsa, naqdsiz toʻlovlar yana-da qulayroq boʻladi. Biz Oʻzbekistonda chiqarilgan kartalar egalari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratishni davom etmoqdamiz. Endi Mastercardning har bir foydalanuvchisi HUMO infratuzilmasidagi xaridlar uchun odatdagidek qoʻshimcha komissiyalarisiz toʻlash imkoniyatiga ega boʻladi”, — deya, izohladi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Hozirda Mastersard kartalari egalari butun Oʻzbekiston boʻylab 230 mingdan ortiq terminallarda tovarlar va xizmatlar uchun kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.

MBPM Mastercard bilan hamkorlikda HUMO tizimida xalqaro Mastercard kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilishni 2019-yil 3-dekabrda ishga tushirgandi.