O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.10.2019 yildagi PF-6096-sonli Farmoniga muvofiq mazkur Farmonning 4-ilovasiga kiritilgan korxonalar sof aktivlarining davlat aksiya paketlari (ulushlari)ga nisbatan proporsional qiymati 100 mln so‘mdan oshmasa, ularni istisno tariqasida, sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam bo‘lganda nominal) qiymatda ommaviy savdolarga qo‘yib borilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida “Muborakneftgaztrans” AJ ustav fondidagi 36,0 foiz davlat aksiyalari aksiyalar paketining nominal narxida birja savdolariga chiqarilayotganligini ma’lum qilinadi.

  • Aksiyalar soni — 210 810 dona oddiy aksiya;
  • Bir dona aksiyaning nominal narxi — 1000,0 so‘m;
  • Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi — 1000,0 so‘m;
  • Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi — 210 810 000,0 so‘m.

️Savdolar “Toshkent” RFBning maxsus platformasi, NEGO- maydonchasida 15.03.2021 yildan boshlanadi.️ Birja savdolari eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.