Bank Kuzatuv kengashining 2020-yil 25- dekabrdagi qaroriga binoan, umumiy miqdori 161 640 000 dona bo’lgan oddiy aksiyalar yopiq obuna tarzda joylashtiriladi. Aksiyalar nominal qiymati 5000 so’mni tashkil etadi.

Eslatma: Tenge Bank “Qozog'iston Xalq banki” (Halyk bank) ning 100 foiz miqdordagi sho’ba tashkiloti hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi qonunga muvofiq oddiy aksiyalar uchun nominal qiymat 5000 so’mdan oshmasligi kerak. Aksiyadorlik jamiyati ko’rinishidagi barcha korxona va tashkilotlar yagona axborot korporativ portalida (openinfo.uz) muhim fakt yuz bergan kundan boshlab ikki ish kuni davomida ma’lumotni joylashtirib borishlari shart.