Bitkoinning kripto-birjalarda narxi $49 000 dan oshdi, bir necha kun mobaynida kriptovalyuta o’z qiymatini $5 000 ga ko’tardi.

Kapitalizatsiya bo’yicha barcha alkoinlar ham narxlari oshmoqda. Bular qatoriga, qiymati AQSh dollariga biriktirilgan steyblkoinlar, hamda o’z narxini 1% ga yo’qotgan XRP tokeni kirmadi.

Ethereumning narxi $1 800 dan oshdi. Kapitalizatsiya qiymati $200 mlrdni tashkil etmoqda. 2021-yilning boshidan bu kriptovalyutaning narxi 110% ga oshgan.

Sotish mumkin, sotib olish — yo’q

O’zbekistonda barcha kripto-aktivlarning faoliyati litsenziya asosida bo’lishi va 2020-yilning boshida ochilgan kripto-birjada amalga oshirilishi lozim. Birja ishtirokchilari faqatgina oldin qo’lga kiritilgan kripto-aktivlarni chel el foydalanuvchilariga sotishi mumkin.

Birjada kripto-aktivlarni sotib olish mumkin emas — tashkilotchilar buni aholining moliyaviy savodxonligini pastligi bilan izohlashdi. Kripto-birjani chetlab o’tib, savdo-sotiq qilish jinoyat deb hisoblanadi.

Misol tariqasida, 2020-yilning yozida, Toshkentda bitkoin savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan fuqarolarga qarshi Jinoyat Kodeksining 177 (valyuta qiymatlarini noqonuniy sotish yoki sotib olsih) va 190 (litsenziyasiz faoliyat bilan shug’ullanish) moddalari asosida jinoiy ishi qo’zg’atildi. O’sha yilning kuz mavsumida, poytaxtda bitkoin savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan shaxslar hibsga olindi.

Tariflar mavjud, legallashtirish — yo’q

Sotib olish ta’qiqlangani sababli, kriptovalyutalarni faqatgina mayning orqali kiritish mumkin. 2020-yil bahorida, maynerlar uchun oshirilgan ta’riflarda elektr energiyasi solig’i joriy qilindi.

Ammo, mayning bilan shug’ullanadigan iste’molchilarni aniqlash va oshirilgan tariflarni qo’llash tartibi ishlab chiqilmadi.

“Mayning” faoliyatini legallashtirish, majburiy a’zolik doirasida “Uzbekistan Cryptocurrency Mining Pool” dasturi yaratilishi asosida amalga oshirilishi kerak edi, ammo tegishli hujjatlar hali qabul qilinmagan.