Kitco 2020 yilda qazib olish bo’yicha dunyodagi eng yirik oltin konlari reytingini tuzdi. Navoiy viloyatida joylashgan Muruntov oltin koni ro’yxatda birinchi o’rinni egalladi.

Quyidagi reyting kompaniyalar tomonidan 2020 yilda ishlab chiqarilgan ko’rsatkichlar asosida tuzilgan bo’lib, dunyoning har xil chekkalaridan 10 ta konni o’z ichiga oldi.

Reytingda aytilishicha, Muruntov konida 2020 yilda 56700 kg yaqin (2 000 000 untsiya) oltin qazib olingan. Konning uzunlikda 3,3 km, kengligi 2,5 km va chuqurlikda 600 metrga yaqin.

Maqolada aytilishicha, Muruntovda 4 252 tonnadan (150 000 000 untsiya) ko’proq oltin zahiralari mavjud va bu uni dunyoda eng yirik oltin koni sifatida o’z nomini saqlab qolishga yordam beradi.

Ro’yxatda ikkinchi va uchinchi o’rinlarni AQSh va Rossiyada joylashgan konlar egalladi.

Avvalroq Spot, O’zbekiston oltin sotib olish va quymalar haqida ma’lumot bergan edi.