Turkiya eksport qiluvchilarga tranzit deklaratsiyalarini tayyorlashda byurokratik protseduralardan qochish va yanada sifatli xizmatlar ko’rsatish, shuningdek, bojxona xizmatlari yukini kamaytirishga imkon beradigan “Easy Export Points” loyihasini amalga oshirmoqda. Bu haqda Anadolu agentligiga Turkiya savdo vaziri Ruxsar Pekjan xabar berdi.

Savdo vazirligi rahbarining so’zlariga ko’ra, ushbu loyiha Turkiyani dunyodagi “eng oson, eng tezkor va ishonchli savdo” davlatiga aylantirishga qaratilgan.

“Easy Export Points” loyihasi tufayli eksport uchun tranzit protseduralari ancha soddalashtiriladi, xavfsizlik esa yuqori darajada saqlanib qoladi, dedi Pekjan.

Vazir ta’kidlashicha, loyiha doirasida eksportchilar vaqtni yo’qotmasdan, veb-saytida tranzit deklaratsiyasini to’ldirishlari, eng yaqin bojxona idorasini tanlashlari va o’z tovarlarini to’g’ridan-to'g'ri tashuvchining manziliga yuborishlari mumkin.

Shunday qilib, endi ularga deklaratsiyalarni qo’lda to’ldirish, ularni muhr bilan tasdiqlash, bojxona xizmatiga tashrif buyurish kerak bo’lmaydi, dedi vazir, hujjatlarni tekshirish elektron shaklda, zarur bo’lsa, yuzma-yuz amalga oshiriladi.

“Shunday qilib, biz eksport yuklarini maqsadli bozorlarga yetkazib berish va yuklarni konsolidatsiyalash bo’yicha qulaylik va arzon narxlarni ta’minlaymiz”, dedi Pekjan.