Fulbrayt ta’lim almashinuv dasturlari doirasiga kiruvchi Hyubert Hamfri (Hubert Humphrey) dasturi o‘zbekistonlik mutaxassislarga AQShda o‘n oy davomida ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish imkonini beradi.

Qatnashchilar Amerika universitetida bir yil davomida o‘zlarining kasbiy qiziqishlariga mos keluvchi magistratura kursida tahsil oladi, lekin magistrlik unvoni berilmaydi.

Kim uchun: Dastur davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlaydigan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislar uchun mo’ljallangan.

Grant miqdori: O’qish, yashash va safar xarajatlari to’liq qoplanadi. Oylik stipendiya va tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi.

Talablar:

  • O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy rezident bo‘lish hamda ariza topshirish va saralash jarayonining to‘liq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilish;
  • Bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
  • O’qishni bitirgandan keyin kamida besh yillik kasbiy mehnat stajiga ega bo‘lish.
  • Ingliz tilini bilish (TOEFL yoki IELTS shart emas)
  • AQShda oxirgi yetti yil ichida magistratura o’qigan yoki oxirgi besh yil ichida olti oydan uzoqroq muddat istiqomat qilgan shaxslar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.

Hujjat topshirish mumkin bo’lgan yo’nalishlar:

Human and Institutional Capacity:

  • Economic Development (Iqtisodiy rivojlanish)
  • Finance & Banking (moliya va Bank)
  • Public Policy Analysis and Public Administration (Jamoat siyosati tahlili va Ommaviy boshqaruv)
  • Technology Policy and Management (Texnologiya siyosati va Menejment)
  • Human Resource Management (Inson resurslari menejmenti)

Rights and Freedoms:

  • Communications and Journalism (Jurnalizm va Axborot)
  • International Religious Freedom (Xalqaro diniy erkinlik)
  • Law and Human Rights (Qonun va Inson huquqlari)
  • Trafficking in Persons Policy & Prevention (Odam savdosi siyosati va oldini olish)

Sustainable Lands:

  • Agricultural and Rural Development (qishloq xo’jaligi va yer rivoji)
  • Natural Resources, Environmental Policy and Climate Change (Tabiiy resurslar, iqlim o’zgarishi, atrof-muhit siyosati)
  • Urban and Regional Planning (Shaharsozlik va qurilishni rejalartirish)

Thriving Communities:

  • Contagious and Infectious Diseases (Yuqumli va infeksiyali kasalliklar
  • Public Health Policy and Management (Sog'liqni saqlash siyosati va menejmenti)
  • HIV&AIDS, Policy and Prevention (OIV va OITS, siyosati va oldini olish)
  • Substance Abuse Education, Treatment and Prevention
  • Educational Administration, Planning, and Policy (Ta'lim ma’muriyati, rejalashtirish va siyosat)
  • Higher Education Administration (Oliy ta’lim ma’muriyati)
  • Teaching English as a Foreign Language (Chet til sifatida ingliz tilini o’qitish)

Hujjat topshirish tartibi

Onlayn anketa SHU YERDAN topshirilishi kerak. Arizaga ikkita tavsiyanoma va ingliz tilini qanchalik bilishingiz haqidagi formani ilova qilishingiz kerak. Tavsiyanomalarni onlayn anketa orqali kiritish mumkin. Tavsiyanomani to’ldirgan odam uni TashkentFulbright@state.gov manziliga jo’natishi kerak.

Saralash jarayoni

Hujjatlari ma’qul topilgan nomzodlar AQSh elchixonasida bo‘lib o‘tadigan suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan so‘ng eng yaxshi nomzodlardan TOEFL testi olinadi. Test xarajatlari elchixona tomonidan qoplanadi. Tanlovning so’nggi natijalari keyingi yil boshlarida e’lon qilinadi. Qabul qilinganlar 2022-yilning kuz oylarida AQShga jo‘nab ketadi.

MUHIM: Oliy o‘quv yurtini yaqinda bitirgan nomzodlar topshirgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi (kamida besh yillik ish staji kerak).

Hujjat topshirish muhlati: 2021-yil, 10-iyungacha.

Batafsil ma’lumot: To’liq ma’lumot bilan SHU YERDA tanishing. Dastur bo’yicha savollaringiz bo’lsa, ularni TashkentFulbright@state.gov elektron pochta manziliga yuboring. Sarlavhaga “2022 Humphrey Fellowship Program” deb yozishni unutmang.

Avvalroq Spot, Fulbright grant dasturi qabul qilishni boshlagani haqida ma’lumot bergan edi.