Andijon shahar fuqarosi “Andijon muzqaymoqlari” tovar belgisi bilan mahsulotni rasmiy ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza bergan. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar beradi.

Fuqaro tomonidan ariza 24-may kuni berilgan va hozirda ekspertiza natijalari kutilmoqda.

Joriy yilning mart oyidan, muzqaymoq Toshkent va boshqa shaharlarda keng tarqalishni boshladi. Uni asosan ko’chma muzlatkichlarda olib yurishadi.

Spot, muzqaymoq sotuvchilari bilan suhbatlashganda, muzlatkichlar haroratni ushlab turuvchi oddiy penoplastdan qilinishinima’lum bo’ldi. Shuningdek, muzqaymoq oyiga o’rtacha 10−15 tonna atrofida vodiydan olib kelinadi va sotuvchilarga tarqatiladi.

Mahsulot 2018-yildan buyon mavjud bo’lib, unda yo’llangan shaxslar faoliyat ko’rsatadi. Shuningdek, OLX saytida muzqaymoq sotuvchi o’rniga bir nechta vakansiyalar mavjud deya xabar qoldirilgan.