Instagram obunachilar va kontent mualliflari oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni osonlashtirishning turli usullarini oʻrganmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktor Adam Mosseri “The Information"ga aytib oʻtgan.

Mosseri Instagramda ham YouTube va Snapchatdagi kabi kontent mualliflariga pul toʻlash fondini tashkil etish gʻoyasiga ham toʻxtalib oʻtgan.

“Shaxsan men toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ ajratishdan koʻra ijodkorlarga uzoq vaqt davomida pul ishlashga yordam beradigan monetizatsiya tizimini yaratish tarafdoriman, lekin cheklarni yozishga ham qarshi emasman”, — dedi Adam Mosseri.

Shuningdek, kompaniya rahbari NFT, noyob raqamli kolleksiyalar va memlardan tortib badiiy asarlargacha oʻrganib chiqishni aytdi. NFTlar blokcheyn tarmogʻidagi oʻzaro almashish mumkin boʻlmagan token hisoblanadi.