“Chainalysis” kripto tranzaksiyalarni kuzatib borish xizmatiga ko’ra, yirik investorlar bitkoinlarni sotib olish uchun 19-may kuni sodir bo’lgan bitkoin kotirovkalarining $30 mingga tushganidan foydalanganlar. Bu haqda “РБК” nashri xabar beradi.

Unga ko’ra, kripto bozor qulashi paytida “yirik investorlar” qiymati $3 mlrddan sal ko’proq bo’lgan 77 ming bitkoin sotib olishdi.

BTIG moliyaviy kompaniyasining boshqaruvchi direktori Julian Emanuel ham o’tgan hafta bitkoinni “tushirish” paytida yirik o’yinchilar tomonidan sotib olinishi haqida gapirdi.

Bitkoin narxi $30 minggacha pasayganidan so’ng, o’tgan yil davomida kripto almashinuvdagi eng katta savdo qayd etildi.

Avvalroq Spot, Xitoy tadbirkorlarga kriptoaktivlar bilan savdo qilishni taqiqlaganligi haqida xabar bergan edi.