Tesla mikrosxemalar yetishmasligi muammosi ostida eng qimmat sedan Model S Plaid Plus’ni ishlab chiqarishdan voz kechdi. Bu turdagi elektromobilni sayt orqali buyurtma qilish may oyining so’nggidan bekor qilingan.

Ilon Mask O’ziniing Twitterdagi sahifasida kompaniya Model S Plaid ishlab chiqarishga butun e’tiborini qaratishi haqida aytib o’tgan.

Uning so’zlariga ko’ra, Model S Plaid bugungi kunga qadar ishlab chiqarilgan eng tezkor elektromobil bo’ladi.

Tesla kompaniyasi mart oyida elektromobil narxini $150 000 gacha ko’targan edi.

Boshqa Shimoliy Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchilari singari, Tesla ham ta’minot muammosiga duch kelmoqda, ayniqsa kompyuter chiplari yetishmasligi sohasida.

2021-yilning birinchi choragida kompaniya Model S yoki Model X modellaridan birortasini ham ishlab chiqarmadi.