Toshkentda yangi sport kiyimlari va jihozlari brendi — 7SABER-ning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spotga maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, ushbu brend tarixi 2019 yilda, Triatlon federatsiyasi rahbari Otabek Umarovning turli xil sport turlari ramzi boʻlgan dunyoga mashhur ikona asosida grafik element yaratganidan boshlangan.

Brend yaqin vaqtgacha tijorat bilan aloqasi yoʻqligi bois, mualliflik uchun eʼtiroz bildirilmagan. Undan sport tashkilotlari, shuningdek oʻz kolleksiyalarida uskunalar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan bepul foydalanilgan.

Foto: Otabek Umarov tomonidan yaratilgan grafik element

Oʻz navbatida, professional sportchilar orasida keng tarqalgan brendning mashhurligi oʻsishiga taʼsir koʻrsatgan. Shunday qilib, marketing rivojlandi, deya qayd etadi 7SABER.

2020-yilda sport anjomlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqchi boʻlgan Dubayning Berkeley Square Investments kompaniyasi Oʻzbekistonda marketing tadqiqotlarini oʻtkazdi.

Bu element mamlakatda mashhur ekanligi maʼlum boʻladi.

“Urban Hayot” orqali Berkeley Square Investments kompaniyasining rahbariyati oʻz manfaatlarini Oʻzbekistonda himoya qilgan holda muallif bilan muzokaralar olib borgan, natijada litsenziya shartnomasi imzolangan.

Uning asosida logotipdan foydalanish huquqi Ross Konnon va Oraz Abdurazakov tomonidan tashkil etilgan “Urban Hayot” MChJga 5 yilga oʻtdi.

Foto: Oraz Abdurazakov va Ross Konnon

Kelishuv vaqtida logotipda fonetik tovush va nom ham boʻlmagan. Brendni yaratishda Londonning identifikatsiya instituti INSTID va Toshkentning GRANDPR agentligi ishtirok etgan. Aynan shu tarzda 7SABER paydo boʻlgan, deyiladi xabarda.

Promoushen va turnirlar

7SABER homiyligida aralash yakkakurash boʻyicha ikki chempionat tashkil etilgan. Shuningdek, U-1 chempionatining MMA-promoushen va “7 Fighting Series” jamoaviy turniri doirasida yangi brendning taqdimoti boʻlib oʻtadi.

“Bular 7SABER-ning ilk ommaviy tashabbuslari, ammo bu bilan rejalarimiz tugab qolmaydi. Biz oʻzimizni jang sanʼatlari bilan cheklab qolmaymiz, shunchaki ularning yoshlar orasida mashhurligini hisobga olgan holda, shu yoʻnalishda ish boshladik. Shu bilan bir qatorda, sportning aksariyat yoʻnalishlari bizning brendimizga tegishli”, — deya taʼkidladi Ross Konnon.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarish va 2000 ta yangi ish oʻrinlari

Otabek Umarovning aytishicha, uning qalbiga yaqin boʻlgan loyihaning qayta tugʻilishni boshdan kechirayotganini koʻrish juda ajoyib tuygʻu hisoblanadi.

Bir necha yil avval qalam eskizlari va bolalar sport maktablari uchun ilk kiyimlar toʻplamida yaratilgan gʻoya kecha yangi yorqin brend sifatida namoyish etildi. Bir nechta ixlosmandlarning tashabbusidan katta sarmoyaviy loyihaga qadar boʻlgan yoʻl eng qisqa vaqt ichida bosib oʻtildi. Endi boshqalar loyihani davom ettirsinlar, men avval ixtiro qilgan belgi yaxshi qoʻllarda ekanligiga shubham yoʻq. Ulkan va foydali narsaning abadiy muallifi boʻlib qolish juda ilhomlantiradi" , — deya Instagramda-gi sahifasida xabar qoldirgan Otabek Umarov.

Shuningdek uning taʼkidlashicha, Berkeley Square Investments kompaniyasiga kamida 2000 ta ish oʻrni yaratish talabi qoʻyilgan. Bu esa, oʻz navbatida, investorlarning rejalariga toʻliq mos kelgan.