IT Park “One Million Uzbek Coders” onlayn kurslari bitiruvchilari uchun sovrinli tanlov e’lon qildi.

Tanlovda 4 ta g’olib tanlab olinib, ularning har biriga $500 dan sovrin puli taqdim etiladi.

Ishtirok etish uchun nima qilish kerak:

  • quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish;
  • barcha kerakli maydonlarni to’ldirish;
  • OMUC kurslari sizga qanday yordam bergani va kurslarni tugatganingizdan so‘ng hayotingiz qanday o‘zgarganini aytib bering.

Kimlar ishtirok eta oladi: 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha.

Boshlanish sanasi: 9-iyul. Tugash sanasi: 23-iyul.