Intellektual mulk agentligining tomonidan “Sevimli” telekanali yaʼni “MASTER MEDIA PRODUCTION AND BROADCAST” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli boʻlgan audiovizual asarlardan huquq egasining roziligisiz foydalanish holati aniqlangan.

Xususan, fuqaro A. K tomonidan shartnoma asosida “Sevimli” telekanaliga tegishli boʻlgan “Chuqur”, “Istanbullik kelin”, “Ichkarida”, “Qora niyat”, “Zuleyha” kabi turk seriallarini oʻzining veb-sahifasiga huquq egasining roziligisiz joylashtirib, moddiy manfaat koʻrib kelgan.

Qashqadaryo viloyati intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan murojaat oʻrganib chiqildi va huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Avvalroq Spot, “Империя праздника” tovar belgisidan noqonuniy foydalangan fuqaroga chora koʻrilganligi haqida yozgan edi.