OPEC+ ga a’zo davlat vazirlari 18-iyul kuni 2021-yil yakunigacha neft qazib olish miqdorini oshirish bo’yicha kelishuvga erishdilar. Bu haqda ТАСС agentligi xabar berdi.

Shuningdek, bu kelishuv bilan 2022-yil uchun ham shu miqdor saqlanib qolishi ko’zda tutilgan.

Unga ko’ra, mas’ullar yil so’nggiga qadar neft uchun soatida 2 mln barrel miqdorda qazish olish bandini qabul qilishgan.

Shu bilan birga, 2022-yilning may oyidan boshlab neft ishlab chiqarish miqdori chegaralangan kvotaga ega davlatlar balansiga ham o’zgartirish kiritiladi.

Bular : Rossiya va Saudiya Arabistoni uchun — 11 dan 11,5 mln b/s gacha, BAA uchun 3,17 dan 3,5 mln b/s gacha, Iroq uchun 4,65 dan 4,8 mln b/s gacha, Quvayt uchun 2,8 dan 2,96 mln b/s gacha.

Qayd etilishicha, uchrashuvdagi kelishuv shartlari qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Tashkilotning keyingi uchrashuvi 2021-yilning 1-sentyabr kuni bo’lib o’tadi.