MVX da bo’lib o’tgan brifing chog’ida Qozog’izton sog’liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy jurnalistlar bergan savolga oydinlik kiritdi.

“Biz Jambil viloyatida ishlab chiqarish inshootlari faoliyatini yo’lga qo’ydik. Hozirga kelib esa 600 mingga yaqin vaksina ishlab chiqarilgan qolgan qismi esa omborxonalarda saqlanmoqda”, — deydi vazir.

Tsoy zavod ishga tushirilganini tasdiqladi. Uning aytishicha, zavodga GMP sertifikati berilgan.

Avvalroq Spot, Qozog’istonda koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilganligi haqidaxabar bergan edi.