Tesla-ning Kaliforniya avtomobil zavodida ishlagan sobiq ishchi kompaniyadan $1,02 mln oladi. Maʼlum boʻlishicha, xodim terining rangi tufayli uni bezovta qilishganini isbotlashga muvaffaq boʻlgan.

Melvin Berri 2015-yilda Tesla-ning Alameda zavodida ish boshlagan. 2017-yilda u zoʻravonlik tufayli ishdan ketdi va sudga murojaat qildi, deya xabar berdi Bloomberg Law.

Sudda Berri bu hodisalar tufayli birinchi marta psixologga murojaat qilishiga toʻgʻri kelganini aytdi. Erkak uyqusizlik, vahima hujumlari va ruhiy tushkunlikdan aziyat chekkan.

Tesla ayblovlarni rad etdi va kompaniya “har qanday kamsitish, taʼqib va har qanday nohaq munosabatlarga mutlaqo qarshi” ekanligini aytdi. Kompaniya advokatlarining aytishicha, ishchi zavodni oʻz xohishi bilan tark etgan va iqtisodiy zarar uchun $148 tovon olishi mumkin.

Biroq sudya Berri va uning advokati tarafini oldi.Teslaning sobiq ishchisi yigʻilgan $1 mln ning ¾ qismini advokatlar va boshqa yuridik toʻlovlarga sarflaydi. Sud kompaniyani Berriga $266 278 lik zarar, shu jumladan $100 000 lik hissiy tanglik uchun kompensatsiya toʻlashga majbur qildi.

Avvalroq Spot Tesla 3 oy ichida rekord darajada pul ishlab topganligi haqida yozgan edi.