Poytaxtimizda Intellektual mulk agentligi Monitoring boʼlimi xodimlari tomonidan qonun talablariga rioya qilish holati o’rganilganda Mirobod tumanidagi umumiy ovqatlanish shahobchasida “SUBWAY” tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Natijada Аgentlik xodimlari tomonidan tadbirkor qonun talablari tanishtirildi va tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, sud tartibida jarima undirildi.

Mavzuga doir:

  1. “Сода пищевая” tovar belgisidan noqonuniy foydalangan tadbirkorga jarima belgilandi. Holat yuzasidan Intellektual mulk agentligi huquqbuzarga chora ko’rish uchun bayonnoma tuzib, sudga yuborgan.
  2. “Империя праздника” tovar belgisidan noqonuniy foydalangan fuqaroga chora koʻrildi. Huquqbuzar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
  3. Red Bull tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik belgilandi. Intellektual mulk agentligi kontrafakt mahsulotlarga kurashni davom ettirmoqda.
  4. “Dolce & Gabanna” brendidan ruxsatsiz foydalangan tadbirkorga chora ko’rildi. Nukus shahrida joylashgan savdo do’koni peshtoqidan xizmat ko’rsatish belgisi olib tashlandi.
  5. “Nesquik” brendi ostida kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqargan shaxsga chora ko’rildi. Sud qaroriga asosan huquqbuzarga oʻzganing tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik uchun jarima jazosi tayinlandi.
  6. Firuz Allayev kontrafaktlar sabab kompaniyasi zarar koʻrayotganini maʼlum qildi. Mualliflik huquqi “Asaxiy Books"ga tegishli ayrim kitoblar noqonuniy yoʻl bilan chop etilib, sotuvga chiqib ketgan.

Ma’lumot uchun: “SUBWAY” bu 1965-yilda “Doctor’s Associates, Inc.” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan, franchayzingga asoslangan tezkor xizmat ko’rsatish restoranlar tarmog’i hisoblanadi.