Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasining gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashdi.

“Biz Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari, ularning trenerlari hamda barcha ishtirokchilarni munosib taqdirlashga qaror qildik”, — degan davlat rahbari.

Xabarga koʻra, Oʻzbekistonda Olimpiada oltin medali sohiblari — $200 mingdan, bronza medali egalari — $50 mingdan mukofot puli bilan taqdirlanishi belgilangan.

Shuningdek, gʻolib va sovrindor sportchilarni tayyorlashda xizmat qilgan murabbiylar ham taqdirlanadigan boʻldi.

“Biz Olimpiya chempionlarining murabbiylarini — $40 mingdan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini $20 mingdan mukofotlashni lozim deb topdik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, Olimpiadaga borgan har bir sportchini $5 ming pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish belgilandi.