Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2021-yil avgust oyida 1059 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 5,9% ga, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 30% lik oʻsishni qayd etgan.

Ishbilarmonlik faolligi indeksining oʻtgan oyga nisbatan oʻsishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:

  • xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob varaqalaridagi operatsiyalar soni 4,2% ga oshgan;
  • faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 0,9% ga oshgan;
  • tovar-xomashyo birjasida xomashyo sotib olish jadalligi 6% ga koʻpaygan;
  • tovar belgilari boʻyicha komponent 1,6 baravarga oshgan.


Ishbilarmonlik faolligi indeksining Toshkent viloyatidan tashqari 13 ta hududda iyul oyiga nisbatan oʻsishi kuzatilgan. Fargʻona (55,5%), Samarqand (42,4%), Xorazm (38,1%), Namangan (38%) va Jizzax (34,8%) viloyatlarida oʻsish sezilarli darajada boʻlgan.

Shu bilan birga Toshkent (1,4%) viloyatida oʻtgan oyga nisbatan moʻtadil pasayish kuzatilgan.