Mamlakat milliy valutasi qadrsizlanib ketgani sababli denominatsiya qilindi. Endilikda Venesueladagi eng katta kupyura 100 bolivar ($25) qiymatida bo‘ladi. Shuningdek, yangi pullarda avvalgisiga qaraganda 6ta nol kamroq bo‘ladi.

Bungacha eng katta qiymatdagi kupyura — 1 mln bolivarning qiymati 25 sentdan kamroq teng edi.

Mamlakat markaziy banki bolivar denominatsiya qilinishini sentyabrda e’lon qilgan. Bungacha fuqarolarga kuniga 20 mln bolivardan ko‘proq summa yechishga ruxsat berilmagan.

Venesuela hukumati uchinchi marta milliy valutani denominatsiya qilmoqda. Bungacha bolivardan 2008-yilda 3ta nol va 2018-yilda esa 5 ta nol olib tashlangan edi.