12−14-noyabr kunlari BEPRO tomonidan Toshkentdagi Amity universiteti bilan birgalikda tashkillashtirilgan IT-yo‘nalishlarda toshkentlik talabalar uchun “STUDENTHACK2021” xakatoni bo’lib o‘tadi.

Xakaton doirasida jamoalar o‘z IT loyihalari yoki gʻoyalarini toʻliq prototipga aylantirishda yordam olishlari mumkin.

Shuningdek, tanlov gʻoliblari Dubayga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar.

Shaxsiy ishtirokchilar yoki 4 kishigacha boʻlgan jamoalar qatnashishlari mumkin. Havola orqali roʻyxatdan oʻtish.