Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati $10,5 mln ga teng boʻlgan 558 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 476 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.

2021-yilning 9 oyida Oʻzbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy — 499 ta;
  • Turkiya — 24 ta;
  • Litva — 13 ta;
  • Germaniya — 8 ta;
  • AQSh — 6 ta;
  • Koreya — 5 ta;
  • Ispaniya — 1 ta;
  • Rossiya — 1 ta;
  • Hongkong — 1 ta.

Avvalroq Spot sentyabr oyida elektromobillar xaridi uchun $1,3 mln sarflanganligi haqida yozgan edi.