Moliya vazirligi axborot xizmati tomonidan 2022-yil uchun byudjetnoma (PDF) taqdim qilindi. Unda 2022 va keyingi yillar uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari keltirib oʻtilgan.

2022-yilda quyidagi asosiy soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldiriladi:

  • qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi — 15%;
  • foyda soligʻi stavkasi — 15%;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasi — 12%;
  • aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi — 4%;
  • dividendlar koʻrinishidagi daromadlardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi — 5%;
  • qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorishda belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 40 soʻm, shu jumladan soliq stavkasiga suv yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan suv hajmi xarajatlarini qoplash uchun 1,05 koeffitsiyent qoʻllashni saqlab qolish;
  • qishloq xoʻjaligi korxonalari yer soligʻi qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95% soliq stavkasi saqlab qolinadi.

Shu bilan birgalikda, 2023-yil 1 yanvardan boshlab:

  • qoʻshilgan qiymat soligʻi 15% dan 12% ga;
  • mobil aloqa xizmatlariga aksiz soligʻi stavkasi 15% dan 10% ga;
  • bank, mobil aloqa operatorlari va bozorlar va savdo komplekslari uchun belgilangan foyda soligʻi stavkasi 20% dan 15% ga pasaytiriladi.

Bunda qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz, yer soligʻi, mol-mulk, suv soligʻi stavkalari inflyatsiya darajasidan kam boʻlmagan miqdorda indeksatsiyasi qilinadi.