Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati $110,2 mln ga teng boʻlgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan.

Avtomobil benzini importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln litrga oshgan.

Oʻzbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:

  • Rossiya — 142,3 mln litr;
  • Turkmaniston — 136 mln litr;
  • Qozogʻiston — 16 mln litr;
  • Iroq — 3,6 mln litr;
  • Eron — 1,8 mln litr.

Oʻzbekistonda 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida 902,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avvalroq birjada AI-80 markali avtomobil benzini 15 foizga arzonlashganligi haqida xabar berilgandi.