Endi fuqarolar yuridik shaxslar tomonidan M1 toifadagi avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish labaratoriyalari joylashgan manzillar, lokatsiyalar hamda bog‘lanish uchun telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olish imkoniyatigaega bo’ldilar.

Bu o’z navbatida haydovchilar vaqtini tejashga ko’maklashadi.

Xizmatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin.

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi avtotransport vositalarini tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan.