Bugun, 26-noyabr soat 20:00dan boshlab “Oʻzbekneftgaz” shoxobchalarida AI-80 markadagi benzin 6890 soʻmdan sotuvga chiqariladi, deya maʼlum qildi kompaniya matbuot xizmati.

“Respublika hududidagi „Oʻzbekneftgaz“ AJning barcha AYoQShlarda benzin boʻlishi taʼminlanadi”, — dedi kompaniya matbuot xizmati rahbari Siyovush Toʻraxoʻjayev.

Uning qayd etishicha, benzin taqchilligining oldini olish uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Tovar xom-ashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqilgan.

Avvalroq Oʻzbekistondagi benzin narxi 10−15 kunda oʻzgarishi haqida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Farruh Karabayev maʼlum qilgan edi.