Soʻnggi kunlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan koʻrilayotgan tezkor va muhim choralar natijasida avtomobil benzini narxi pasayishi kuzatilmoqda.

Isteʼmolchilarning xabardorligini oshirish, jumladan avtotransport haydovchilariga AYOQSHlardagi benzin chakana narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishda qulaylik yaratish hamda chakana narxlarni nazorat qilish (monitoring oʻrnatish) va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “Benzin narxi bot” telegram bot joriy etilmoqda.

Batafsil maʼlumot tez kunlarda OAV hamda rasmiy sahifalarda beriladi.